Xudo xohlasa, onlayn ta’limning eng og‘riqli nuqtalaridan biri – “o‘z o‘quvchisini tanimaslik, o‘z holiga tashlab qo‘yish” muammosini shu guruhda yechaman. Aslida, onlayn ta’limda doim bir narsaga alohida e’tibor berib kelganman: o‘quvchi kursga “shunchaki qo‘shilgan odam” emas, o‘z ustoziga ega bo‘lgan odamdek ekanini his qilishi kerak.
Endi esa bu yondashuvni yanada kuchaytiraman. Bizda siz shunchaki guruhdagi navbatdagi ishtirokchi bo‘lib qolmaysiz. Kimligingizni, qayerda qiynalayotganingizni, nimalarga ehtiyojingiz borligini bilib boraman.
Maqsad – o‘quvchini ekranning narigi tomonidagi noma’lum odamga aylantirib qo‘ymaslik.




