Bu savolni ham ko‘p berishyapti. Shuning uchun guruhlar o‘rtasidagi farqni aniq tushuntirib o‘taman.
1, 2 va 3-guruhlar bazasi bor, tarix fanini avval o‘qiganlar o‘quvchilar va ustozlar uchun mo‘ljallangan. 1 va 2-guruhlar aslida 6 oylik guruhlar edi. Bu guruhlardagi o‘quvchilarni avvaldan o‘qitib kelayapman.
1-guruh ayni damda 9-sinf, 2-guruh esa 10-sinf darsligi bo‘yicha ketmoqda.
3-guruh – “Oktyabrchilar” esa yangi ochiladigan tezkor guruh. Har darsda taxminan 10 mavzudan o‘tiladi. Shuning uchun bu guruhga ham kamida ma’lum bazaga ega bo‘lganlar qo‘shilishi maqsadga muvofiq.
Bu uchala guruhda ham “Milliy sertifikat” imtihoniga ham, attestatsiyaga ham tayyorlanishingiz mumkin.
Attestatsiyaga tayyorlanayotganlar hamkorim Guli Eshnazarovaning pedagogika bo‘yicha yopiq guruhi havolasi kurs o‘quvchilariga bepul taqdim etiladi.
Yana aytaman: agar siz hali BOSHLANG‘ICH darajada bo‘lsangiz, 1, 2 va 3-guruhlarni tavsiya qilmayman. Chunki bu guruhlarda ko‘p mavzular tez sur’atda o‘tiladi. Ko‘p mavzu degani – ko‘p test ishlash degani. Bizning kursda faqat kitobni o‘qib chiqish yoki savol-javoblarda qatnashishning o‘zi yetarli emas. Asosiy e’tibor muntazam va ko‘p test ishlashga qaratiladi (chunki shundagina real natija bo‘ladi).
Shuning uchun agar tarix fanidan endigina boshlayotgan bo‘lsangiz yoki bazangiz hali mustahkam bo‘lmasa, sizga “Dekabrchilar” guruhini tavsiya qilaman. Bu guruh sekinlashtirilgan sur’atda olib boriladi.
Murojaat uchun: @jalolboltayev_kurs


