𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV: post #8544 — TG.ME

Aytgancha, masalan, rus tili o‘qituvchilari uchun 49 ta, matematika o‘qituvchilari uchun 34 ta tavsiyaviy manba ko‘rsatilgan. Boshqa fanlarda ham bunday manbalar soni ancha ko‘p.

Lekin ular tavsiyaviy. Testologiya nuqtayi nazaridan esa kitobdagi har qanday mayda ma’lumot test uchun material bo‘lavermaydi. Test o‘quvchining muhim bilim va ko‘nikmalarini o‘lchashi kerak, tasodifiy yoki ikkilamchi tafsilotni yod olgan-olmaganini emas.

Masalan, bir darslik muallifi bilan suhbatlashganimda u kishi o‘z kitobidagi bir ma’lumot haqida: “Men bu ma’lumotni test tuzish uchun kiritmagandim”, degan edi.

Umuman olganda, Baholash markazi ham bu tamoyilni hisobga olsa kerak.

O‘tgan galgi imtihonda 35 ta testning 32 tasiga maktab darsliklarini o‘qigan holda javob berish mumkin edi (o‘tgan galgi imtihondagi barcha topshiriqlarni yuqori sifatli deya olmayman, lekin avvalgi imtihonlarga qaraganda nisbatan yaxshiroq bo‘lgan).

👉 @TESTLIDER
🔥20❤10👎4👍1
August 24, 2026 5.4K 15 2