Denov tumanida yuk avtomashinasida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha maʼlumot.
2026-yil 30-avgust kuni soat 14:52 da Denov tumani “Quyoshli yurt” MFY Ma’rifat ko‘chasida harakatlanib ketayotgan KAMAZ-53 rusumli yuk avtomashinasiga yuklangan 150 ta somon pressi hamda avtomashinaning salon qismi yongan.
Qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in qisqa vaqt ichida qurshab olinib, soat 15:29 da to‘liq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Shu o‘rinda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan tez yonuvchi yuklarni tashishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini va transport vositasida soz holatdagi birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari mavjudligiga e’tibor qaratishlarini so‘rab qoladi.
Boshqa yangiliklar 👇:
Telegram | Facebook | Instagram | You tube





















