Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev boshchiligidagi oliy martabali mehmonlarimizni va ularning oila a’zolarini katta ehtirom bilan kutib oldik.
Mamlakatlarimiz o‘zgacha birodarlik rishtalari bilan bog‘langan. Bu iliqlik nafaqat rasmiy aloqalarda, balki xalqlarimizning bir-biriga cheksiz mehr-oqibatida doim sezilib turadi. Tariximiz, madaniyatimiz va anʼanalarimizdagi mushtaraklik bugun infratuzilmadan to investitsiyalargacha — ko‘plab sohalardagi yangi qo‘shma loyihalar ko‘rinishida yanada boyimoqda.
Ushbu tashrif ko‘p qirrali aloqalarimiz tarixida yana bir muhim sahifani ochdi. Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi va nazarimda, ushbu hujjatning nomiyoq bugun O‘zbekiston hamda Ozarbayjonni bog‘lab turgan rishtalarning tub mohiyatini aniq ifodalaydi.
Ozarbayjonlik do‘stlarimizni O‘zbekistonda ko‘rishdan har doim xursandmiz. Hamisha bag‘rini ochib sizni qarshi oladigan diyorimizga xush kelibsiz, aziz qardoshlar!
—
В эти дни мы принимали в Узбекистане дорогих гостей из Азербайджана во главе с Президентом Ильхамом Алиевым и его семью.
Наши страны связывает особая дружба. Она чувствуется не только в отношениях между государствами, но и в том, как тепло относятся друг к другу наши народы. У нас много общего в истории, культуре, традициях, и сегодня к этому добавляются новые совместные проекты в самых разных сферах: от инфрастуктурных до инвестиционных.
Этот визит стал ещё одной важной страницей наших отношений. Подписан Договор о вечной дружбе, и мне кажется, само его название очень точно передаёт то, что сегодня связывает Узбекистан и Азербайджан.
Рады видеть наших азербайджанских друзей в Узбекистане. Добро пожаловать в страну, где вас всегда ждут.
Forwarded fromSaida Mirziyoyeva
43
22
11
11August 26, 2026 5.5K 3 2








