SEVEN PLUS ACADEMY: post #3135 — TG.ME

Forwarded fromJAJasur Abdullaxatov
🏃‍♂️ Morning Run yakunlandi! ☀️

Rasmlardan ko‘rib turganingizdek, bugun yig‘ildik va ajoyib yugurish o‘tkazdik. Yo‘l xaritasiga ko‘ra masofa taxminan 5 km edi, amalda esa ko‘pchiligimizda 4.6–4.7 km atrofida chiqdi.

Jami 10 kishi qatnashdi (rasmlarga tushmaganlar ham bor 📸). Yuguruvchilar bir nechta guruhlarga bo‘linib, o‘z tempida harakatlandi. Eng tez guruhda o‘rtacha temp 6.2 min/km bo‘ldi — yomon natija emas, bu hali boshlanishi! 🔥

Aytgancha, rasmlarda ko‘rinayotgan dastur — Strava. 📱 U yugurish masofasi, vaqti va tempini hisoblab beradi hamda natijalarni saqlab qoladi. Keyingi yugurishga kelayotganlar uni oldindan o‘rnatib qo‘ysalar, yanada qiziqarli bo‘ladi.

Bugun qatnashgan barchaga katta rahmat! ❤️ Sizlar bilan yugurish juda maroqli bo‘ldi.

Keyingi yakshanbaga tayyor turing — yangi marshrut hafta davomida e’lon qilinadi. Bu safar masofani 6 km ga oshirsak qanday fikrdasiz? 😎🏃‍♀️🏃‍♂️

#MorningRun #7PlusAcademy #Strava #RunningCommunity #HealthyLifestyle

🔗 Kanalimizga ulaning: @Sevenplus_academy
👍8❤6🏆2⚡1🔥1👏1
June 14, 2026 788 4