Assalomu alaykum !
YouTube’dan ketdim.
Odam kattalashgan sayin mindset o‘zgaradi ekan. Yoshligimda qiziqib qilgan, bolalarcha oddiy videolar endi menga hech qanday zavq bermay qoldi.
Lekin, shuni aytishim kerakki, bu — mening hayotimdagi juda qadrli, kichkina bir davr edi. 2-yil ichida 230 ming odam yig‘ilibdi. Bu narsa oson kelib qolmadi.
Video olish oson emas edi, bilasizmi? Har safar juda qiyin bo‘lardi. Videolarimiz oddiy, lekin men uchun juda muhim edi. Maks — qarindoshim, u bilan har kuni video olishga harakat qilardik. Ammo uyda qarindoshlar ba’zida tushunmay, kelishiga.
qarshilik qilardi. Shu sababdan asabiylashaverardim
Lekin, 2-3 kunda bir kelib, ikkita video olsak, bu biz uchun dahshat edi. Shu kichik momentlar, har bir qiyinchilik — men uchun bebaho xotiralar bo‘lib qoldi.
Endi esa, o‘zimni hurmat qilib, o‘zim uchun yangi yo‘l tanlash vaqti keldi.
Bu kanal va bu davr menga doim xotira bo‘lib qoladi.
Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, lekin men bu safar o‘zim uchun eng to‘g‘ri qarorni qildim deb o‘ylayman.
Hammasiga rahmat!
Wishing you luck!
😉


