Samarqand viloyati qo`g`irchoq teatri: post #4930 — TG.ME

SAMARQAND VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING 48-MAVSUMI OCHILDI

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida teatrning 48-mavsumiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov, boshliq o‘rinbosari Valijon Umarov, qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov, viloyat musiqali drama teatri direktori Fazliddin Xudoyberdiyev hamda madaniyat sohasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Botir Tugalov so‘zga chiqib, qo‘g‘irchoq teatrining yosh avlod tarbiyasidagi muhim o‘rnini ta’kidladi hamda teatr jamoasini yangi mavsum bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, teatr jamoasi munosib tabriklanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tantanali marosimda ramziy qizil lenta kesilib, teatrning 48-mavsumi rasman ochib berildi.

Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli shou dasturlari va sahna chiqishlari namoyish etildi. Mehmonlar teatr muzeyi bilan tanishdilar.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook
Instagram YouTube Sayt
👍4❤1
September 4, 2026 115 3