🎭 Xalqaro maydonda yana bir muhim qadam!
🌍 Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Belarus Respublikasining Grodno shahrida 16–20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan V-xalqaro qo‘g‘irchoq san’ati festivali — «Лялькі над Нёманам»da ishtirok etmoqda.
🎉 Festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro san’at anjumani Belarus, Rossiya, O‘zbekiston, Tatariston, Dog‘iston hamda ilk bor Xitoy Xalq Respublikasining Futszyan provinsiyasidan tashrif buyurgan teatr jamoalarini bir maydonda jamladi. Festivalda 150 nafardan ortiq teatr san’ati mutaxassislari ishtirok etmoqda.
🇺🇿 Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ushbu nufuzli xalqaro festivalda ishtirok etishi jamoamizning ijodiy faoliyatini xalqaro miqyosda namoyish etish, xorijiy teatrlar bilan tajriba almashish hamda o‘zaro ijodiy aloqalarni rivojlantirish uchun muhim imkoniyatdir.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook
Instagram YouTube Sayt
6
5
2September 17, 2026 364 1 6









