Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev Samarqand viloyatida bo‘lib, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov rahbarligida o‘tkazilgan, “46-Budunjon shaxmat olimpiadasi”ga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashdi. Unda belgilangan vazifalar ijrosi, tashkiliy masalalar va tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʻi Botir Tugalov hamrohligida Samarqand viloyati Rus drama teatri faoliyati bilan tanishdi. Jarayonda teatr jamoasining ijodiy faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi. Jamoa a’zolarining taklif va mulohazalari tinglandi.
O‘rganish yakunida teatr faoliyatini yanada rivojlantirish, ijodiy jamoa uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash hamda tomoshabinlarga sifatli va mazmunli spektakllarni taqdim etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
👇Bizni kuzating
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati









