🏆 E’TIROF
Narpay tuman 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Raxmatullayev Shuxrat Raxmatullayevich O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qo‘shib kelayotgan ko‘p yillik samarali mehnati, soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda yosh avlodga san’at sirlaridan saboq berish, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lidagi fidokorona faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof Raxmatullayev Shuxrat Raxmatullayevichning madaniyat va san’at sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, tashabbuskorligi va fidoyiligiga berilgan munosib bahodir.
Sizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan,
13-son Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi. 🇺🇿
5
3August 28, 2026 122 2


