Samarqandda Mustaqillikning 35 yilligi tantanali nishonlanmoqda
Ayni paytda Samarqand shahridagi “Mo‘’jiza” amfiteatrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazilmoqda. Unda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz, jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etmoqda.
Tantanali marosimda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ bayram — Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Bayram tadbiri davom etmoqda.
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
August 29, 2026 1.3K 3






