Vaqt oʻtadi, quyosh oʻz joyini qor parchalariga boʻshatib beradi… — Saidullox (STATUS) ➫ ᥫ᭡ — TG.ME

🌹 Vaqt oʻtadi, quyosh oʻz joyini qor parchalariga boʻshatib beradi. Chirimaydi deb oʻylagan barcha gullaringiz - ruhingiz bilan birga chiriydi. Shuni unutmang, tugamaydi deb oʻylagan bu kunlaringiz ham ortda qoladi. Insonmiz, fitratimizning eng goʻzal tarafi - unutish. Bizga hadya qilingan eng goʻzal narsa... Aslida, yomon kunlar yaxshi kunlarning kalitidir. Chorasizlik sizni boshqa nuqtalarga tashiydi, buni koʻra olasiz. Hayot ziddiyatliklardan iborat. Kecha kunduzni berkitadi. Kunduz orom oladi. Dardlar baxtni bezaydi. Siz kutgan narsalar naqadar kechiksa, sizga shu qadar chiroyli qilib tortiq qilinadi. Siz yetarli kutishni biling, shoshilmang. Agar shoshilsangiz hamma narsani rasvo qilasiz.
🌘 Tayyorlanmay kelgan xursandchilik sizdan uyaladi. Qochib ketadi, unutmang!
👍2💯1
June 8, 2026 689