❇️ Avvalroq tuman va shahar Kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish, Kengash raislari va kotibiyatlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan viloyat hokimiga tegishli takliflar kiritilib, xat bilan murojaat qilingan edi.
📍 Shundan so‘ng viloyat hokimi tomonidan tegishli tuman va shahar hokimlariga zarur topshiriqlar berildi.
O‘rganish davomida Kengash raisi xonasi hamda kotibiyat xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Oqoltin tumanida viloyat hokimining topshirig‘i to‘liq bajarilgani, Kengash raisi va kotibiyat faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani qayd etildi.
Yaratilgan qulay ish sharoitlari Kengashning samarali faoliyat yuritishi, deputatlarning vakolatlarini to‘laqonli amalga oshirishi hamda aholi bilan ishlashni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Berilgan topshiriqning ijrosi — joyida o‘rganildi va ijobiy baholandi.
Kanalga ulanish 👇👇👇
















