Umidlarga suyanarkan dil,
Seni sevsam tuygʻu oʻlarkan…
Qayerdanam tushdi-ya koʻngil,
Uchratmasam yaxshi boʻlarkan..
Bir toshbagʻir, hissiz odamsan,
Bilmam koʻngling kimdan toʻlarkan…
Baxtim uchun bitta sen kamsan,
Uchratmasam yaxshi boʻlarkan…
Oʻylamaysan birovning holin,
Kimdir kuysa yuzing kularkan..
Shunchalik ham zolimsan… zolim,
Uchratmasam yaxshi boʻlarkan…
© Someone
4
1June 23, 2026 822 8 4