RISHTON TUMANI HOKIMLIGI: #212024 жазба — TG.ME

Rishton tumanidagi ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Bugun, 9-sentabr kuni, Rishton tumani MMTB boshlig‘i Sh. Madaminov tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasalarining isitish tizimlari, mavjud qozonxonalar, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘i zaxiralari, elektr ta’minoti hamda muassasalarning qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalaridagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimlarini mavsum boshlanguniga qadar to‘liq shay holatga keltirish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’lim jarayonini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
👍1