24_ta_masala #Okrugda_organish TO‘DA MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#24_ta_masala
#Okrugda_organish

TO‘DA MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

⌛️ Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining 11-To‘da saylov okrugi deputati Sh. Karimov, Kengash kotibiyati mudiri A.Sobirovlar tomonidan To‘da mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari, mavjud muammolar hamda aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, mahalla faollari va tibbiyot xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda To‘da qishloq vrachlik punkti “Ochiq budjet” loyihasida g‘olib bo‘lgani hamda mavjud, eskirgan binoni buzib, uning o‘rniga yangi tibbiyot punkti binosini qurish masalasi muhokama qilindi.

🏗 Yig‘ilish davomida yangi bino qurilishi jarayonini mahalla faollari bilan hamkorlikda kuzatib borish, qurilish ishlarining sifatli va belgilangan tartibda amalga oshirilishini nazorat qilish yuzasidan o‘zaro fikr va takliflar almashildi.

📌 Mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘lib, qurilish jarayonining borishi yuzasidan tegishli o‘rganish va monitoring ishlari olib boriladi.

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi

⌛️ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️

📱Telegram| 📱facebook |📱Instagram|📱Youtube             🦅 kengash.gov.uz
September 4, 2026 523 1