Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan biriktirilgan… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan biriktirilgan mas'ul tomonidan Rishton tumanidagi “KOSTA LINE HOLDING” MCHJ ga qarashli paxta qabul qilish maskanlarida o'rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida maskanlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, mavjud yong‘in o‘chirish texnikalarining sozligi, yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimi, paxta tashuvchi avtomobillarning uchqun so‘ndirgichlar bilan ta’minlanganligi, elektr ta’minoti hamda yonilg‘i-moylash tizimlarining holati ko‘zdan kechirildi.

Ishchi-xodimlarning yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanishi nazoratdan o‘tkazilib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi.

🔰 Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati
September 6, 2026 578 2