#DIQQAT
🎙 DIQQAT, TALABALAR! MUHIM AUDIOCHATGA TAKLIF ETAMIZ!
🎓 Davlat grantiga talabgormisiz? Yoki grantlarni qayta taqsimlash jarayoni qanday amalga oshirilishini bilmoqchimisiz?
🎧 Unda ushbu audiochatni aslo o'tkazib yubormang!
📢 Bugun soat 10:00 da Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlimining rasmiy Telegram sahifasi — https://t.me/adchti_ybimmb kanalida "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to'g'risidagi nizom" sharhiga bag'ishlangan jonli audiochat bo'lib o'tadi.
🎯 Audiochat davomida quyidagi muhim savollarga batafsil javob beriladi:
✅ Grant uchun hujjatlar qanday tayyorlanadi?
✅ Hujjatlar platformaga qanday yuklanadi?
✅ Talabgorning yutuqlari qanday tartibda baholanadi?
✅ Tyutorlar va ishchi guruh faoliyati qanday tashkil etiladi?
✅ Baholash mezonlari va yakuniy natijalar qanday shakllantiriladi?
✅ Eng ko'p uchraydigan xatolar va ularni oldini olish yo'llari.
💡 Agar grant olishni maqsad qilgan bo'lsangiz, bu audiochat Siz uchun muhim yo'riqnoma bo'ladi!
🗓 Sana: Bugun
🕙 Vaqt: 10:00
📍 Manzil: https://t.me/adchti_ybimmb rasmiy Telegram kanali
🎧 Savollaringiz bilan ishtirok eting, aniq javoblar oling va grant imkoniyatidan unumli foydalaning!
Bilimli qaror — muvaffaqiyat sari ilk qadam! 🎓✨
🔹Bizni ushbu sahifada kuzating: @adchti_ybimmb
Forwarded fromADCHTI YBIMMB
2July 1, 2026 521 2