Forwarded fromADChTI.uz | Rasmiy kanal
ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA “QOG‘OZSIZ BIR KUN” EKOAKSIYASI TASHKIL ETILDI
Andijon davlat chet tillari institutida ekologik mas’uliyatni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda raqamli boshqaruv tizimini keng joriy etish maqsadida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazildi.
Mazkur tashabbus doirasida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va xodimlar qog‘oz iste’molini kamaytirish, ish jarayonlarida elektron platformalardan keng foydalanish hamda hujjatlar almashinuvini raqamli shaklda tashkil etish bo‘yicha faol ishtirok etdilar.
Aksiya davomida zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ortiqcha qog‘oz sarfining oldini olish, resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Sahifalarimizni kuzatib boring
adchti.uz
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
June 19, 2026 252 1









