Musaffo ko'zlarning derazasidan Chiqsang-u ishq qolsa sendan arazlab… — ℬ𝒾𝓉𝒾𝓀𝓁𝒶𝓇𝒾𝓂 — TG.ME

Musaffo ko'zlarning derazasidan
Chiqsang-u ishq qolsa sendan arazlab.
Suhbatlashii-ib ketsang soyabon bilan
Odamlar tentak deb o'ylashsa... mazza!

Hechkimni sevmasang, 
O qandayin erk!

Sayr etsang xazonrang poyondozlarda.
Yo'lingga ko'z tikib, saqlagancha kek
Uzumlar yig'lasa zardama - zarda.

O bu Kuz! Bu yomg'ir gurungidaman,
Osmon qizg'onarkan meni tobora.
Tobora tomchilar va yaproqlar ham
Ko'ylagim rangiga qilar ishora.

Qush edim, hech tutqich bermaydigan qush,
Qafaslar yangradi ishqsizlik aro.
Kelding-u ey o'ngga aylanguvchi tush
Sen menga bu erkni ko'rmading ravo.


@QonliBitiklarim
🍁
❤‍🔥3❤3⚡1🤩11
September 5, 2026 56 1