The incredible Hulk (2008) — 4/5
Marvel'ni boshqa filmlariga qaraganda bu film toʻq ranglar, jiddiy dramatik ton va reallikka yaqinlashtirilgan armosferaga ega. Asosiy eʼtibor esa qahramonning fojiasiga, uning odatiy hayot kechirishga boʻlgan urinishlariga qaratilgan. Edward Nordon oʻz roʻlini ajoyib ijro etgan va meningcha, MCU'ga chuqurroq, jiddiyroq drama kiritishni xohlagani ajoyib taklif edi. Ammo Marvel dinamika va ommabop uslubni afzal koʻradi (Va biz Edward N' bn xayrlashamiz) )Marvel olamiga aynan chuqurroq drama yetishmayotgani men uchun eng katta minuslardan biri boʻlib turibdi.) Bu filmni dark atmosphereda olingani esa muxlislarga yoqmagan ekan (LOL). Ammo menga yoqdi.
Thor (Odinson) — 4/5
Bu filmga 4/5 aslida koʻplik qiladi. Lekin Asgardning vizual goʻzalligi, kosmik dizayn va mifologiyasi, xullas atmosfera yoqdi.
Thor (Chris Hemsworth) manmanlik va kibr oqibatida oʻz kuchidan va bolgʻasidan mahrum boʻlishi, Yerdagi kamtarinlikni oʻrganish jarayoni, Loki bilan boʻlgan birodarlik mojarolari, Shekspircha taxt kurashi, yengil va sodda yondashuvdek tuyildi. Filmdagi eng xarizmatik obraz esa albatta Loki. Muxlislar fikriga Loki obrazi psixologik juda yaxshi ochilgan. Lekin menga kamlik qildi. (Kitobxon + Dostoyevskiy muxlisi ekanimni hisobga olsa, qaysi darajadagi chuqur psixologik tahlil kutayotganimni tasavvur qilib olaveringlar)
Umumiy olganda esa, MCU'ni birinchi fazasidan eng yoqqan film shu. (Atmosfera sababli). Umuman dinamika shaydosi emasligim, action sahnalar yoqmasligi, zamonaviy texnologiyalar asrini emas oʻrta asr vaybini sevishim kabi omillarni hisobga olsa, Marvel filmlarini yuqori baholay olmasligim aniq. Ammo sinab koʻrishga arziydi :)
Xoʻsh yaxshilar, sizning Marvel olamiga munosabatingiz qanday?
@QonliBitiklarim





