🏗 В Бухаре появится туристический кластер у новой дороги к аэропорту
Свободные земли вдоль строящейся дороги к новому аэропорту отдадут под современный туристический кластер. На первом этапе под инфраструктуру выделят тысячу гектаров — там появятся брендовые отели, рестораны, торговые и сервисные объекты, развлекательные зоны.
Ожидается, что кластер создаст дополнительные возможности для местных и иностранных туристов, расширит список услуг, привлечёт частные инвестиции и откроет новые рабочие места. О планах хоким области Ботир Зарипов рассказал бухарским предпринимателям из сферы туризма и гостиничного бизнеса — они уже внесли свои предложения по проекту.
🏗 Buxoroda yangi aeroport yo'li bo'ylab turizm klasteri tashkil etiladi
Yangi aeroportga olib boradigan qurilayotgan yo'l bo'ylab bo'sh yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida hududda zamonaviy turizm klasteri tashkil etish rejalashtirilgan. Loyihaning birinchi bosqichida ming gektar yer maydoni turizm infratuzilmasi uchun ajratiladi — u yerda brend mehmonxonalar, restoranlar, savdo-servis obyektlari, ko'ngilochar maskanlar quriladi.
Klaster mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishi, turistik xizmatlar turini kengaytirishi kutilmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida yangi ish o'rinlari yaratish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga e'tibor qaratiladi. Viloyat hokimi Botir Zaripov bu haqda turizm va mehmonxona sohasida faoliyat yuritayotgan buxorolik tadbirkorlar bilan muloqotda ma'lumot berdi — ular loyiha yuzasidan o'z takliflarini bildirishdi.
@PvBux