OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati: post #43821 — TG.ME

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDILAR


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan Oltinko‘l tumanining bir guruh faol va fidoyi fuqarolari taqdirlandilar.

Mazkur yuksak e’tirof yurtdoshlarimizning Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasining amaliy ifodasidir.

Taqdirlanganlarni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
| Telegram | Facebook | Instagram |
👍10❤4👏4💯1
August 30, 2026 2.3K 46