OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati: post #43805 — TG.ME

#Live

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik ayyomiga bag‘ishlangan bosh tantanali shodiyona rasmiy ravishda boshlandi.

Tantanali tadbirni Andijon viloyati hokimi, senator Shuhratbek Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarni va viloyat ahlini ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

Viloyat rahbari o‘z nutqida istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi davrda hududda hayotga tatbiq etilgan keng ko‘lamli islohotlar, yirik investitsiya loyihalari hamda ijtimoiy soha va infratuzilma tizimida qo‘lga kiritilgan yuksak yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bayram tantanalari davom etmoqda.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
| Telegram | Facebook | Instagram |
❤3👍1
August 29, 2026 943