Bugun talabalar turar joyida 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri S.Botirova, fakultet koordinatori B.Varisovalar tomonidan “Bo’yinbog’siz kun” loyihasi tashkil etildi.
Uchrashuvda institut yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev, fakultet dekani S.Mutalovlar talabalar bilan bir dasturxon ustida ochiq muloqot qilishdi
"Talabalikda olinadigan bilim, egallanadigan tajriba yillar o’tib hayot yo’llaringizda sizga ko’makchi bo’ladi, talabalarga insonlar ikki tomonlama baho beradi, bilimi va tarbiyasi, shu ikki faktorni hech qachon yodingizdan chiqarmang" - deya ta'kidladi Alisher Isoqboyev.
Samimiy va ochiq ruhda tashkil etilgan uchrashuv - hayotiy tajriba, raqobatdan qo'rqmaslik va samarali boshqaruv kabi ko'plab muammoli vaziyatlarga yechim bo'ldi.
Bizni kuzatishda davom eting👇
https://t.me/NamDPI_Ijtimoiy



















