O‘zMPU talabalari Xitoy ta’lim muhiti bilan tanishmoqda 🇺🇿🇨🇳… — O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali — TG.ME

O‘zMPU talabalari Xitoy ta’lim muhiti bilan tanishmoqda

🇺🇿🇨🇳 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabalari ayni kunlarda Xitoyda — Shenyang pedagogika universiteti Xalqaro ta’lim institutida tahsil olmoqda.

📌 O‘qish bilan birga ular uchun munosib yashash sharoitlari ham yaratilgan. Turar joy va stipendiya bilan ta’minlangan. Bo‘sh vaqtlarida esa sport bilan shug‘ullanib, faol hayot tarzini davom ettirmoqda.

⚡️ Shuningdek, Shenyang shahri va Xitoyning boshqa shaharlarini sayr qilib, mamlakat tarixi, madaniyati va zamonaviy hayoti bilan yaqindan tanishmoqda.

Xitoydagi bu tajriba talabalarga nafaqat xitoy tilini amaliyotda qo‘llash, balki yangi ta’lim muhitini ko‘rish, turli madaniy tajribalarni o‘rganish va dunyoqarashini kengaytirish imkonini beradi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
❤15👍9🔥3⚡1👏1🏆1
September 5, 2026 5K 21