Yaponiyalik professor-o'qituvchilar va talabalar universitetimizda 👍… — O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali — TG.ME

Yaponiyalik professor-o'qituvchilar va talabalar universitetimizda

👍 Akademik mobillik dasturi doirasida Yaponiyaning Xokkaydo universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari universitetimizga tashrif buyurishdi.

✅ Bugungi uchrashuv davomida ikki universitet vakillari ta’lim va ilmiy-pedagogik sohalarda tajriba almashib, zamonaviy ta’lim metodikalari, raqamli texnologiyalar va pedagog kadrlar tayyorlash tizimi bo‘yicha fikr almashdilar.

🔻 Shuningdek, ikki universitet talabalari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etilib, ular ta’lim tizimi, akademik imkoniyatlar, talabalar hayoti va madaniy an’analar haqida muloqot qildilar.

✨ Mehmonlar uchun O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishishga qaratilgan dastur ham tashkil etilgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
❤28🎉8👏5
September 8, 2026 4.7K 15