To’g’ri muhit haqida Qishloqda tog’amning fermalari bor. Sigirlariga… — Muallim Muhammad — TG.ME

To’g’ri muhit haqida

Qishloqda tog’amning fermalari bor. Sigirlariga qarasam biz yoshlikda ko’rgan mahalliy tur umuman yo’q. Hammasi Yevropa turlari.

Sababi Yevropaniki sut va go’shtga ixtisoslashgan, yuqori samaradorlikka ega deyishdi.

Biologiyadan bilamiz barcha tanalar avvalo o’zini tirik ushlab qolishga ixtisoslashgan bo’ladi. Lekin Yevropa qoramollarida bu sun’iy ikkinchi o’ringa tushirilgan ekan!

Savol, qanday qilib?

Yashab qolish instinkti qachon kerak? Xavf bo’lganda, kutilmagan vaziyatlar ko’p bo’lganda, ovqat topish imkoni har doim ham bo’lmaganda.

Yevropa fermerlari o’z qoramollariga shu sharoitni yaratib bergan, to’liq xavfsiz muhit va yuqori sifatli ozuqa. Samaradorlik ko’rsatsa bo’ldi.

Mahalliy sigirlarimiz esa yozning issig’i, qishning sovug’i, quruq yem-xashak, ochlik bilan sinalaverib bor resursini mahsuldorlikka emas, shu qiyin vaziyatlarga asrab qo’yarkan. Yevropa sigirlari bunday sharoitda yashay olmaydi.

Miyamda analog paydo bo’ldi, bu xodimlarda ham ishlarmikan?

Doimiy stress, xato qilishdan qo’rqish, kam oylik, ishini yo’qotishdan xavotir xodimlarni ham mahalliy tur kabi kam samarador qilib qo’ymasmikan, bor energiyasini shu tizim ichida yashab qolish uchun sarflashga majbur qilmasmikan deb izlandim.

Javob ijobiy.

Sog’lom, xavfsiz muhitda ishlagan xodimlar Yevropa turlari kabi samarador, sadoqatli va layoqatli. Teskari muhitdagilar esa mahalliy turlar kabi.

Men endi tushundim nega davlat tizimida xodimlar bunday ishlashini.

Chet eldan mutaxassislari olib kelib, ularga zo’r sharoit va maosh belgilaydiganlar o’z mahalliy xodimlarimizga buni qilib bersalar ulardan ham foyda olisharkan.

Xodimmisiz? Shunday muhitni toping, gullab-yashnang. Foyda keltiring.

Yaxshi xodimlar yomon muhitda ishlashmaydi. Ularning kompaniyadan ketishi, rahbarlarga signal.

@MuallimMuhammad
👍69❤23🔥15💯13⚡5
September 5, 2026 6.7K 5 45