Moychechak 🤍: post #20075 — TG.ME

Ona haqda juda ko'p chiroyli gaplar, she'rlar eshitganmiz. Lekin ota haqda-chi? Ota mehrini bildirmasdan harakatlar orqali ko'rsatadi. Balkim, shuning uchun ota haqda kam gapirilar. Ota bu o'zi oyoqda turolmaydigan darajada betob bo'lsada farzandining ozgina tobi qochganini ko'rib doktirga shoshadigan inson. Ota bu o'zi jazirama issiqda ter to'kib ishlasada farzandlarim ayolim qiynalmasin deb uyiga konditsaner ornatadigan inson. Ota bu o'zi bir tuflini 4 5 yildan buyon kiysa ham har yili qiziga o'g'liga yangi kiyimlar olib beradigan inson. To'g'ri ota sizga bazan shirin so'zlarini aytolmas lekin haqiyqiy mehr aynan otada bo'ladi. Sevgini quruq gaplar bilan emas, harakatlar bilan ko'rsatish kerakligini anglatgan shaxs ota bo'ladi

🫂🤍
❤12❤‍🔥3🕊2😢1🍓1💘1
August 22, 2026 242 4