MIRISHKOR TUMANI | Rasmiy: post #61318 — TG.ME

Tuman IIB boshlig‘i “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi

Pomuq shaharchasidagi 41-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat Xaydarov, maktab jamoasi, ota-onalar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqan G‘ayrat Xaydarov yurtimizda yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va o‘z iste’dodini namoyon etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlangani bilan tabriklab, ularni Vatanga sadoqatli, bilimli, intiluvchan va yuksak ma’naviyatli insonlar bo‘lib voyaga yetishga chorladi.

Tadbir davomida maktabning 1-sinfga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Ularning quvonchi va hayajoni bayram tadbiriga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Tadbir yakunida an’anaviy birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangrab, barcha o‘quvchilar uchun yangi bilimlar va yangi marralar sari navbatdagi o‘quv yili boshlandi.

😎😎😎😎😎😎😎😎

📌📌📌📌 / @mirishkorpress
👌2❤1👍1
September 2, 2026 1.9K 8