MIRISHKOR TUMANI | Rasmiy: post #61308 — TG.ME

Prokuror “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi

“Zafar” mahallasidagi 36-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman prokurori Sardor Nazarov, maktab jamoasi, ota-onalar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan tuman prokurori Sardor Nazarov yurtimizda istiqlol yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda o‘g‘il-qizlarimizning xalqaro maydonlarda qo‘lga kiritayotgan yuksak natijalari haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, u o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlangani bilan samimiy muborakbod etib, ularga bilim olish, izlanish va kelajakda Vatanga munosib farzand bo‘lib yetishishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirning eng hayajonli lahzalaridan biri — maktabning 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarining tantanali ravishda topshirilishi bo‘ldi. Ilk bor maktab ostonasidan qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarning quvonchi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Bayram tadbirida o‘quvchilar tomonidan Vatan, istiqlol, maktab va ustozlarni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.

😎😎😎😎😎😎😎😎

📌📌📌📌 / @mirishkorpress
❤3⚡1👍1💯1
September 2, 2026 2.3K 5