Viloyatimizda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir avvalida so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimizga yaratilayotgan imkoniyatlar samarasi o‘laroq, go‘zal Namanganimizning barcha sohalarida erishilayotgan yutuq va o‘sishlar alohida e’tirof etildi.
Viloyat rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov o‘z so‘zida istiqlol yillarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, yangi loyihalar, ishlab chiqarish va tadbirkorlikning rivoji, ijtimoiy sohadagi yangilanishlar hamda xalqimiz farovonligini oshirish borasida qo‘lga kiritilayotgan natijalarga to‘xtalib o‘tdi.
“Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi yozgi amfiteatrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi baralla yangrashi bilan tantanali tadbirga rasman start berilib, chinakam mustaqillik shodiyonasi boshlandi.
Bugungi bayram — 35 yillik ozod va erkin taraqqiyot yo‘limiz, xalqimizning birdamligi, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik va Yangi O‘zbekistonning yorug‘ kelajagiga bo‘lgan ishonchning yorqin ifodasidir.
Bizning sahifalarimiz:




















