«Manchester Yunayted» Frankfurtning «Ayntraxt» klubining 22 yoshli hujumchisi Ugo Ekitikaga qiziqish bildirmoqda.
«Ayntraxt» rahbariyati fransiyalik futbolchining transferi bo‘yicha takliflarni shu yozda kamida 80 million yevro bo‘lishi sharti bilan ko‘rib chiqishga tayyor.
Bundan tashqari, «Manchester Yunayted» ham «Leyptsig»ning 21 yoshli forvardi Benjamin Sheskoni sotib olishga qiziqish bildirgan. Futbolchining transfer narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

2
1March 22, 2025 961