"LSL School" xususiy maktabi: post #913 — TG.ME

☀️ LSL SCHOOL o‘quvchilari uchun yozgi lager tashkil etilmoqda

7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarimiz uchun 20-iyuldan boshlab 12 kunlik yozgi dam olish lageri tashkil etilmoqda.

Lagerning umumiy narxi 2 400 000 so‘m bo‘lib, ushbu summaning 1 700 000 so‘mi kasaba uyushmasi tomonidan qoplab beriladi.

O‘quvchi tomonidan to‘lanadigan summa — 700 000 so‘m.

Lagerga borish istagida bo‘lgan LSL SCHOOL o‘quvchilaridan ertaga, 18-iyul — shanba kuni, bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi — metrika hamda 700 000 so‘m to‘lov bilan maktabga kelishlari so‘raladi.

Farzandingizning yozgi ta’tilini mazmunli, maroqli va unutilmas o‘tkazishi uchun ushbu imkoniyatdan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.

Murojaat uchun:
🤙+998882305050
🤙+998882405050

📌Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahar, Baynalminal MFY, Nodira ko’chasi, 7-uy
🏡Mo’ljal: Namangan shahar, Sardoba

🗞Yangiliklarni o’tkazib yubormang:
💬Telegram | 📹Instagram
❤12👍5🔥1🕊1
July 17, 2026 2K 8 24