Soybo‘yi mahallasidagi 11-maktabga ham yangi qo'shimcha bino foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ko‘kdala tumanining Soybo‘yi mahallasida joylashgan 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 180 o‘rinli qo‘shimcha binosi ham foydalanishga topshirildi.
Yangi binoning ochilish marosimida tuman hokimi, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari, ta’lim sohasi xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktablarda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga qaratilayotgan e’tibor alohida ta’kidlandi.
180 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino Soybo‘yi mahallasidagi o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirib, maktabdagi mavjud quvvatni oshirishga xizmat qiladi.
Bu kabi bunyodkorlik ishlari Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Ko‘kdala tumanida ta’lim infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasidagi izchil ishlarning amaliy natijasidir.
@Kukdala_uz



















