🚨 OGOH BO`LING! Janubiy Koreyada tegishli haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish (무면허운전 ) jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Koreyada istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari uchun bunday huquqbuzarlik nafaqat jinoiy jazo, balki keyinchalik viza uzaytirish, yashash maqomini o‘zgartirish yoki saqlab qolish hamda immigratsiya tekshiruvi bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. 1. Haydovchilik guvohnomasisiz boshqarish — 무면허운전Huquqiy asos: 「도로교통법」 제43조, 제152조 Amaldagi Koreya Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, tegishli haydovchilik guvohnomasini olmagan shaxs avtomobil boshqarishi taqiqlanadi. Qoidabuzarlik uchun:• 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki • 3 million vongacha jarima jazosi nazarda tutilgan. Amaldagi 도로교통법 2026-yil 1-iyuldan kuchda bo‘lgan tahrirda qo‘llanmoqda. 2. Mast holda transport vositasini boshqarish — 음주운전Huquqiy asos: 「도로교통법」 제44조, 제148조의2 Mast holda haydash uchun jazo qondagi alkogol miqdoriga qarab farqlanadi:혈중알코올농도 0.03% 이상 0.08% 미만 → 1 yilgacha qamoq yoki 5 million vongacha jarima0.08% 이상 0.20% 미만 → 1 yildan 2 yilgacha qamoq yoki 5–10 million von jarima0.20% 이상 → 2 yildan 5 yilgacha qamoq yoki 10–20 million von jarima. Agar shaxs mast holda haydash bilan bir vaqtda tegishli haydovchilik guvohnomasiga ham ega bo‘lmasa, 음주운전 va 무면허운전 bilan bog‘liq javobgarlik birgalikda ko‘rib chiqilishi mumkin. Sud amaliyotida ham bunday holatlar alohida huquqbuzarliklar sifatida ko‘rilgan. Bundan tashqari, 음주운전 yoki qonunda ko‘rsatilgan tegishli qoidabuzarlik uchun jazo kuchga kirganidan keyin 10 yil ichida takroran huquqbuzarlik sodir etilsa, yanada og‘ir jazo qo‘llanishi mumkin. 3. Guvohnomasi yo‘q shaxsga transport vositasini boshqartirishHuquqiy asos: 「도로교통법」 제56조, 제152조 Transport vositasini boshqarish yoki undan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs haydovchining tegishli guvohnomasi yo‘qligini bila turib, unga avtomobil boshqartirishi ham qonuniy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Shu sababli, avtomobilni boshqa shaxsga berishdan oldin uning Koreyada amal qiluvchi tegishli haydovchilik guvohnomasi mavjudligini tekshirish muhim. 4. Chet el fuqarolari uchun immigratsiya oqibatlari⚠️ Jinoiy jazo avtomatik ravishda deportatsiya degani emas. Koreya qonunchiligida:“3 million von jarima = avtomatik deportatsiya” yoki“jarimalar jami 5 million von bo‘lsa = avtomatik deportatsiya” degan barcha chet elliklarga bir xil qo‘llanadigan umumiy qoida mavjud emas. Biroq 「출입국관리법」 제89조ga ko‘ra, chet el fuqarosining boshqa qonunni buzish darajasi jiddiy deb baholansa, uning viza yoki turli xil 체류허가 lari bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Shuningdek, chet el fuqarosi 「출입국관리법」da belgilangan majburiy chiqarib yuborish asoslariga tushsa, 강제퇴거 jarayoni ko‘rib chiqilishi mumkin. Tegishli holatlarda majburiy chiqarib yuborish o‘rniga 출국명령 — mamlakatni tark etish to‘g‘risidagi buyruq berilishi ham qonunda nazarda tutilgan. Shu sababli immigratsiya oqibati faqat jarima summasiga qarab emas, balki jinoyatning turi va og‘irligi, takroriy sodir etilganligi, yakuniy sud qarori, shaxsning Koreyadagi yashash holati va boshqa tegishli omillar asosida individual tarzda baholanishi mumkin.⚠️ E’TIBOR BERING Haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarish:jinoiy ish → sud jazosi → immigratsiya va viza muammolari kabi ketma-ket jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar chet el fuqarosi 무면허운전, 음주운전 yoki boshqa yo‘l-transport jinoyati bo‘yicha tergovga jalb qilingan bo‘lsa, faqat jinoiy ish natijasini emas, balki undan keyingi immigratsiya oqibatlarini ham oldindan tekshirish muhim. Huquqiy asoslar: 「도로교통법」 제43조, 제44조, 제56조, 제148조의2, 제152조 「출입국관리법」 제46조, 제68조, 제89조 Huquqiy maslahat va amaliy yordam uchun: 법무법인 (유한) 금성 010-4510-9966 @Keumseong_advokaturasi https://t.me/koreavisalaw