# Claude Opus 5 chiqdi — nimasi zo'r, nimasiga ehtiyot bo'lish kerak
Anthropic yangi, har tomonga o'rmalaydigan Opus 5'ni chiqardi.
Zo'r tomonlari:
🔹 Kodlashda haqiqiy ishchi bo'pti. Katta refactor, ko'p faylli feature — berasiz, o'zi oxirigacha qiladi. Stub yoki "// TODO keyin yozaman" qoldirmaydi. Faqat vazifani boshida to'liq tushuntirib bering, keyin aralashmang.
🔹 Kod review'da mergich. Real buglarni topadi, yolg'on signal kam. Lekin qizig'i: "faqat jiddiy xatolarni ayt" desangiz, so'zma-so'z tushunib kam gapiradi. Yaxshisi — hammasini ayttiring, keyin o'zingiz saralang.
🔹 Kontekst — 1 million token, default holatda. Katta kodbaza yoki uzun hujjatlar bilan bemalol.
🔹 Low/medium effort rejimlari arzon va tez, sifati esa eski Opus'lardan baland. Har narsaga xhigh yoqib pul kuydirish shart emas.
Endi ehtiyot bo'ladigan joylari:
⚠️ Ko'p gapiradi. Javoblar ham, agentlik payti "hozir buni qilaman, endi buni..." deb izohlashi ham eskisidan uzun. Qisqa gapirsin desangiz — promptga aniq yozing.
⚠️ O'zi tekshiradi. Promptingizda "double-check qil", "subagent bilan verify qil" degan gaplar bo'lsa — o'chiring. Model o'zi tekshirib bo'lgan, siz ustidan yana tekshirtirib token kuydirasiz.
⚠️ Subagent yollashga o'ch. Kichkina ishga ham komanda tuzib yuborishi mumkin — bu pul degani. Delegatsiyaga limit qo'ying.
⚠️ Thinking'ni o'chirsangiz, ba'zan tool chaqiruvni oddiy text qilib yozib qo'yadi (va u hech qachon ishga tushmaydi). Yechim oddiy — thinking'ni o'chirmang, xarajatni effort bilan boshqaring.
Xulosa: kuchli model, lekin eski promptlaringizni ko'r-ko'rona ko'chirmang — Opus 5 uchun qayta kalibrlash kerak.
Manba: platform.claude.com
#AI #Claude #Opus5