🔰 Yoshlar murojaatlari e’tibor va amaliy yechimga yo‘naltirildi
▫️ Payshanba — Yoshlar kuni doirasida Kosonsoy tumanidagi «Go‘rmiron» mahallasida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqotda sektor rahbarlari, tashkilot va muassasalar mas’ullari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun imtiyozli kredit olish, o‘zini o‘zi band qilish, yangi loyihalarni amalga oshirish, kasb-hunar egallash va daromad manbaiga ega bo‘lish bilan bog‘liq qator murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullarga biriktirilib, ularni individual o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda amaliy yordam ko‘rsatish va ijobiy hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi!