🇺🇿ADOLATLI AVTO-BLOG🇺🇿: post #32487 — TG.ME

Qo'qonda qonunsizlik va anarxiya targ'ib qilinmoqdami?

Qora rangli Chevrolet Malibu Premier, davlat raqami 01 010 ABU transport vositasida sodir etilgani aytilayotgan huquqbuzarliklar yuzasidan qonuniy baho berilishi o'rniga, boshqa holatlarni ro'kach qilish bilan cheklanilsa, jamoatchilikda turli savollar tug'ilishi tabiiy.

Qonun ayrim transport vositalariga kelganda ishlamaydigan, boshqalariga kelganda esa qat'iy ishlaydigan tizim bo'lmasligi kerak.

Hurmatli mas'ullar, jamoatchilikni chalg'itishga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan izohlar o'rniga, 01 010 ABU davlat raqamli avtomobil bilan bog'liq har bir holatga qonun doirasida alohida huquqiy baho berilishini ta'minlashingizni so'raymiz.

Aks holda, "Qo'qonda qonun ustuvormi yoki ayrimlar uchun istisnolar mavjudmi?" degan savollar tobora ko'payaveradi.

T.ME/KOKANDYPX
👍10❤4😁1🌭1😡1
August 7, 2026 3.2K 58