Vazifa!
Ayollarga kuchli erkaklar yoqadi.
Erkaklarga esa ojiza ayollar.
Bu ayni qarama qarshi jins vakillarining asli o’zligidir.
O’zlikdan chetga chiqishga urinishning oxiri esa tugamaydigan muammolarga sabab bo’ladi.
Kuchsiz ojiz erkaklar va erkaklashib qolgan ayollar ko’paygan jamiyatda ajralishlar va suitsidlar ko’payishi, jamiyatlar tanazzulga uchrashi tarixiy tajribalarda ko’p marta tasdiqlangan.
Hozirgi paytda ayollarimizga “kuchli bo’l”, “sen o’zingni o’zing epashing kerak” “erkakka qaram bo’lma” “biznes ledy bo’lishing kerak” kabi “muvaffaqiyatli ayol portreti”ni uqtirayotganlar ayolni asl fitratidan chiqarib, haqiqiy qul qilish, millatni negizini buzishdan boshqa maqsadlari bo’lmasa kerak deb o’ylayman.
Asl muvaffaqiyatli ayol itoatli ayol, farzandlar tarbiyasi uchun ilm olgan, farzandlarini ilmli qilishga harakat qilgan ayol, tugamas moddiy xohishlarni nazorat qilish bilan o’z turmush o’rtog’iga yengillik qilgan, erini boy qilgan ayol.
Erkak esa azaldan oila ta’minotchisi, himoyachi va “ovchi” rolida bo’lib kelgan. Erkak doim muhim qarorlar qabul qilishi, yo’l boshchi bo’lishi, oilasining moddiy va eng muhimi ma’naviy farovonlilgi rivojlanishi uchun harakat qilishi muhim.
Diqqat - bu yozilganlar bilan ayolini ishlashiga yoki rivojlanishiga qarshi tor va konservativ fikrlashni chalkashtirmang.
Keling, jamiyatdagi ikki oila misolida ko’rib chiqsak. Bir oilada ayol ham erkak ham ishlaydi lekin ayol hech qachon ro’zg’or yukiga, rahbarlikka davo qilmaydi va o’z vazifasini bilib qiladi, eriga itoat va farzadlar tarbiyasi uchun borini qiladi. Erkakning qarorlarini hurmat qiladi. Doim o’z fikrlari bilan qo’llab quvvatlaydi. Erkak nuqta qo’yganidan keyin vergul qo’ymaydi.
Yana bir xuddi shunday erkak va ayol ham ishlaydigan oilada esa ayol bor ro’zg’or tashvishlarini zimmasiga oladi, uydagi ustachilik santexnika ishlarigacha aralashadi, o’ziga keraksiz bo’lgan va olishi kerak bo’lmagan yuklarni hammasini olish uchun nima qilish kerak bo’lsa qiladi. Bunday holatda hamma yukni ayol zimmasiga olib, yuki bo’lmagan erkak nima qiladi bilasizmi?! Kayp qilib, betashvish yashash pozitsiyasiga o’tib oladi yoki o’ziga boshqa “yuk” topishga harakat qiladi, nima uchun - chunki asliy o’zligi shunga monand.
Erkakka xo’jayin emas, itoatkor, dono ayol kerak. Ayolga esa vazifalarini unga yuklab qo’ygan bola emas uni bo’ysundirgan dono erkak!
@Pseudonevrolog
22.07.2025
Forwarded fromPseudo nevrolog
July 23, 2025 570 3 3