Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jizzax viloyatida yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, hududlarda xavfsiz va qulay harakat sharoitlarini yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Tuman hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 9,2-kilometrida joylashgan yo‘l o‘tkazgichda olib borilgan kapital ta’mirlash ishlari yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur yo‘l o‘tkazgich D-050 (4R38) — «M39 avtomobil yo‘li (962-km) – Uchtepa – Jizzax – M39 avtomobil yo‘li (1013-km)» avtomobil yo‘lining 9,2-kilometrida joylashgan bo‘lib, umumiy uzunligi 1 046 pogon metrni tashkil etadi.
Olib borilgan kapital ta’mirlash ishlari natijasida yo‘l o‘tkazgichning texnik holati yaxshilanib, ushbu yo‘nalishda transport vositalarining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Mazkur inshootning foydalanishga topshirilishi hududning transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va aholiga qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEkhpZlw68QCcnql2Q