Qozon shahrida boʻlib oʻtgan V Kazan Global Youth Summit doirasida tashkil etilgan Global Youth Leadership Awards 2026 xalqaro taqdirlash marosimida Toshkent davlat texnika universiteti “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi dotsenti Zoir Kenjayev Young Voice of Science” — “Ilm-fanning yosh ovozi” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.
Zoir Kenjayev — “Innovator” jurnalining qahramonlaridan biri. U jurnal sahifalarida ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari bilan oʻquvchilarga tanishtirilgan. Xususan, uning “SPCleaner” loyihasi haqida jurnalida batafsil yoritilgan.











