Ish va ishq
Kun davomida ish yoki boshqa sabablar bilan koʻpincha juftimizdan uzoqda boʻlamiz. Shunday vaqtda imkon qadar tez-tez – yarim soat, bir soatda SMS yoki ijtimoiy tarmoq orqali boʻlsa ham juftingizdan hol soʻrab turing. Uzoq gaplashish shart emas, «Yaxshimisiz?» – «Yaxshi» kabi boʻlsa ham mehringizni bildirib, juftingiz holini bilib turing, balki, ahvoli yaxshi emasdir. Shu bilan birga, bu xabar doim ayol kishidan yoki erkak kishidan boʻlishi shart emas, kim imkon topsa, yozaverish kerak.
Shuningdek, kun davomida bir necha marta telefonda gaplashib, ovozlaringizni eshitib turing. Ayollar juftiga chiroyli holatdagi rasmlarini yuborib, uni xursand qilishi, charchoqlarini aritib, oʻziga yanada rom qilishi, muhabbatli qilishi ham mumkin. Shunda erkak ham koʻchadagi chiroyli ayollarga qarayvermaydi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish | Kitobning elektron va audio shakli
Yanada ko'proq iqtiboslar






