Ko'payib ketdi!
Osmonda yulduz emas
Oylar ko'payib ketdi
Pul bo'lmasa kirolmas
Joylar ko'payib ketdi
Dunyo katta shaharday
Tunlari ham saharday
Ichay desang zaharday
Choylar ko'payib ketdi
Muhabbat bo'ldi arzon
Ko'ngillar uyi vayron
Yolg'onchi qoshi kamon
Yoylar ko'payib ketdi
Kambag'alni tishi yo'q
Yo'qlaydigan kishi yo'q
G'arib bilan ishi yo'q
Boylar ko'payib ketdi
Omad kelsa damda dam
Tanish bilish ko'p odam
Oyoq osti har qadam
Loylar ko'payib ketdi
Har qadamda har nafas
Shayton tashlagan qafas
Bemaʼni orzu havas
O'ylar ko'payib ketdi
Kimlar ochu, kimlar to'q
Kim nishonu kimdir o'q
Nemati bor fayzi yo'q
To'ylar ko'payib ketdi
Mehr limiti to'lgan
Dardi faqat pul bo'lgan
Odamgarchilik o'lgan
Joylar ko'payib ketdi.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 28.08.2026 yil.
1
1August 28, 2026 108 1