Tamom qilding!
Jonim deya jon deya
Jonimni tamom qilding
Har gapimdan arazlab
Yuragimni qon qilding
Asal desam aslingni
Bahoru yoz faslingni
Sen bagʻritosh vaslingni
Ilojsiz imkon qilding
Muhabbatga dam berib
Koʻzlarimga nam berib
Gʻam ustiga gʻam berib
Holimni yomon qilding
Izingdan borsam yetib
Qolmagin mendan ketib
Kipriklarning oʻq etib
Qoshlaring kamon qilding
Sevdim qoshi koʻzingni
Bitta dona oʻzingni
Senchi aytar soʻzingni
Hammasin yolgʻon qilding
Ishqim gulin soʻldirib
Boʻlganimcha boʻldirib
Tiriklayin oʻldirib
Adoyi tamom qilding
Sevdim desam shunchalar
Burib labi gʻunchalar
Kibr bilan bunchalar
Dimogʻing osmon qilding.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 23.07.2026 yil.
August 27, 2026 125 1