Faqat sinmagin jo'ra!
Bo'lganingcha bo'lasan
So'rasang kimdan so'ra
Tiriklayin o'lasan
Faqat sinmagin jo'ra
Yuragingni tilishar
Bir chekkada kulishar
Oyoq osti qilishar
Faqat sinmagin jo'ra
O'ttizga kirmasdanoq
Sochinga tushadi oq
Nima qilsang qil biroq
Faqat sinmagin jo'ra
Har qadamda muammo
Boshinga kelar balo
Yiqilsang yiqil ammo
Faqat sinmagin jo'ra
Dardlaring ketsa to'lib
Qolmagin faqat o'lib
Bo'yingacha qarz bo'lib
Faqat sinmagin jo'ra
O'tga urgin o'zingni
Cho'qqa urgin o'zingni
Kattaroq och ko'zingni
Faqat sinmagin jo'ra
Holingni so'ramaslar
Kuninga yaramaslar
Odamdek qaramaslar
Faqat sinmagin jo'ra
Tanimaydi tanishlar
Bitmaydi bitgan ishlar
Joningni alam tishlar
Faqat sinmagin jo'ra
Omad ketsa yomonda
Hammasi har tomonda
Ayniqsa shu zamonda
Faqat sinmagin jo'ra
Yaqinlar ham o'zga xos
O'zgarib qolar biroz
Sendan bitta iltimos
Faqat sinmagin jo'ra
Bo'g'zingacha to'lasan
O'lmay turib o'lasan
Oyoq osti bo'lasan
Faqat sinmagin jo'ra.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 19.07.2026 yil.
1August 26, 2026 121