Shoshirma!
Qo'lingni ber qo'limga
Chiqib turgin yo'limga
Jonim desang sen bilan
Tik boqaman o'limga
Keling deya shoshirma
Hislarimni toshirma
Ko'rsam mazam bo'lmaydi
Qon bosimim oshirma
Olma desam anorsan
Qaro ko'zi xumorsan
Hijronlardan asragan
Bo'ynimdagi tumorsan
Bahor, yozu qishim bor
O'ttiz ikki tishim bor
Ko'rishganda aytib qo'yay
Lablaringda ishim bor
O'zingni olayapsan
Dilga o't solayapsan
Bir yuz sakson gradusga
O'zgarib qolayapsan
Qo'llarimda tor mani
Dilim sanga zor mani
Gulim sandan boshqalarda
Nima ishim bor mani
Sen bilan kunduz kecham
Zerikmaymanda hecham
Buncha shirin bo'lmasang
Oh mani parvardacham.
+998906783795
+998996693795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 19.07.2026 yil.
August 25, 2026 112 1