Qobul shahrida Farg‘ona savdo uyi ochildi
Afg‘onistonning Qobul shahrida Farg‘ona viloyati Savdo uyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi raisi o‘rinbosari Alhaj Zilgay Arian Azimiy, shuningdek, Farg‘ona viloyati va Afg‘onistonning ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokchilarni ushbu muhim voqea bilan tabriklab, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik qo‘shnichilik va birodarlik rishtalari bugungi kunda o‘zaro ishonch va manfaatlarga asoslangan iqtisodiy sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, ikki hudud tadbirkorlari uchun hamkorlikning yangi bosqichi boshlanayotgani, qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgani qayd etildi.
____
В Кабуле открыт Торговый дом Ферганской области
____
Fergana Region Trade House Opens in Kabul
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
July 26, 2026 137 1









