👉 Bugun Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyida yangi 2026/2027-o'quv yili 1-pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni kirish so'zi bilan ochib bergan Farg'ona davlat universiteti akademik litseyi direktori Sharipov Hasanjon Abdumannopovich jamoani yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi va yangi o'quv yili bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, kengash kun tartibidan;
🔖 Ijro intizomi va ish yuritishga doir hujjatlar
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramini Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyida tantanali o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlili
📝 Yangi o'quv yili uchun yillik ish rejalar, turli komissiyalar a'zolarini tasdiqlash
va boshqa masalalar o‘rin egalladi.
@FarDU_al















